Korrupsiyaga qarshi kurashish

“Farg'ona suv ta’minot” MCHJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati xalqaro standartlarga moslashtirilib, qaytadan ko‘rib chiqildi va yangi antikorrupsion tizim joriy qilinishi belgilandi.
Shu maqsadda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi kabi davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda tizimda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
“Farg'ona suv ta’minot” MCHJ tizimidagi xodimlar tomonidan turli qoidabuzarliklar, noqonuniy va korrupsion holatlarni xabar qilish uchun quyidagi aloqa vositalari yo‘lga qo‘yilgan:
555-03-1255 maxsus telefon raqami;
anticor@uzsuv.uz alohida elektron pochta manzili;
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi https://www.facebook.com/UzSuvTaminot guruhi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!